Benzema sotilmaydi!

«Real» rahbarlari jamoa yetakchisi Karim Benzemani yangi shartnoma taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sport.es portali xabar bermoqda.

Manbaning xabariga ko’ra, “Qirollik klubi” fransiyalik hujumchi uchun 2024 yilning yoziga qadar mo’ljallangan yangi shartnoma tayyorlagan. Tomonlar o’rtasidagi amaldagi kelishuv kelasi yil yakuniga yetadi.

Yaqin kunlarda Karim taklif qilingan shartlar uni qanoatlantiradimi yoki yo’qmi, degan xulosaga kelishi kerak.

2021/2022 yilgi mavsum Karim faoliyatidagi eng yaxshi mavsumlardan biri hisoblanadi. Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Benzema 30 uchrashuvda 26 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmani amalga oshirdi.