O’zbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumchisi Eldor Shomurodov “Roma” bosh murabbiyi Joze Mourinyuning ishonchini qozona olmadi. Futbolchi o’z klubidagi o’yin vaqtidan juda norozi.
Mourinyu uchrashuvlarda Eldorga bir necha daqiqa vaqt bera boshladi. “Fiorentina”ga qarshi so’nggi o’yinda Shomurodov bor-yo’g’i besh daqiqa o’ynadi. O’yinda Roma 2:0 hisobida mag’lub bo’ldi. «Roma» futbolchilari butun o’yin davomida darvozaga faqat bitta zarba berishdi.
Bu mavsumda «Roma» o’z maqsadiga erisha olmadi va Chempionlar ligasiga chiqa olmadi. Chempionat tugashiga ikki tur qolganida jamoa 6-o’rinda va hatto Yevropa Ligasisiz qolishi ham mumkin. Mavsum yakunlangach, Joze klubni butunlay tark etishi mumkin. Agar Eldorning ahvoli o’zgarmasa, futbolchi o’zi muntazam o’ynaydigan boshqa klub topishni rejalashtirgan.