Ajdodlar tomonidan bir necha asrlar davomida kiyib yurilgan liboslar millat faxriga aylanishi bejizga emas. Ularning ayrimlari esa zamonaviy moda olami shuhratiga soya solishi ham mumkin.
Slovakiyalik kelinchak
Kika – shoxdor ko’rinishdagi bosh kiyimi bo’lib, o’ziga xos ko’rinishga ega sanalgan. Uni Rossiyaning ayrim hududlaridagi turmushga chiqqan ayollar kiyib yurishgan.
Berber ayollari (Shimoliy Afrika) esa yuz sohasiga diniy mazmunga ega bo’lgan timsollar chizib olganlar
Vengriyalik yosh qiz
Yaponcha to’y, 1959 yil. Suratda ayni vaqtda Yaponiya imperatoriga aylangan valiahd shahzoda Akixito va uning rafiqasi
Chexiyalik qizlar
Himalayning Ladakx hududidagi ayollar esa qanchalar boy ekanliklarini bildirish uchun ulkan bosh kiyimlarini kiyib yurishgan
Germaniyaning Shaumburg tumanida esa mana bunday g’alati shlyapalar urfga kirgan edi
Qizil pomponlardan iborat bo’lgan mana bunday shlyapalarda Shvarsvaldning olifta qizlari o’z go’zalliklarini namoyish qilishgan. Chap tomondagi qiz esa – kelinchakdir
Indoneziyaning Sumatra orolida yashovchi ayollarning bosh kiyimi esa o’ta og’ir bo’lgan
Shimoliy Amerikadagi vishram qabilasi qizlari esa tanga va chig’anoqlardan yasalgan bosh kiyimlar kiyib yurishgan
Manjuriyalik yosh qiz, Pekin
Mantilya — o’ziga xos yopinchiq bo’lib, ispan qizlari tomonidan sochning yuqori qismidan yopib olingan. Ushbu yopinchiq bugungi kunda ham bayramlar chog’ida taqib olinadi
Monteermoso tumanida yashagan yana bir ispan qizi
Norvegiyalik kelinchaklar esa ertaklardagi malikalarni yodga solganlar
Qozoq kelinchaklarining bosh kiyimi «saukele» deya atalgan
Polshalik erkaklar milliy libos kiygan vaqtlari tovus pati bilan bezatilgan bosh kiyimi haqida ham unutmaganlar
Ukrainalik juftlik. Mazkur soch chambaragi qizlarning o’ziga xos faxriy belgisi edi
Mo’g’ulistonning oqsuyak xonimlari esa takrorlanmas obraz yaratishni juda yaxshi bilishgan. Ularning ko’rinishi «Yulduzlar jangidagi» obrazlardan birini yodingizga solgani yo’qmi?
O’zbek qizlari va ayollari