BI-IR KULIShMAYMIZMI?..

 

 

* * *

 

Bo’lg’usi qaynota qizining sevgilisi bilan tanishayapti.

— Ishlaysizmi?

— Xudo bersa ishlarman.

— Uy bormi?

— Xudo bersa bo’lib qolar.

— Mashina-chi?

— Xudo bersa bo’lib qolar…

Yigit ketgach, xotin eridan so’radi:

— Xo’sh, bo’lg’usi kuyovimiz sizga yoqdimi?

— O’, zo’r yigit ekan. Meni Xudoga tenglashtirib qo’ydi-ya, azamat!

 

* * *

 

Juhudlarning eski uyi. Ayol derazadan bosh chiqarib qo’shnisiga baqirdi:

— Rozaxon, mening Abramimni ko’rmadingmi?

— Yo’q.

— Rimmaxon, Abramni ko’rmadingmi?

— Yo’q.

— Rohila, sen-chi?

— Nima, biz suyuqoyoqmidik?

— Voy, so’rab ham bo’lmaydimi?

 

* * *

 

— Ko’rinib turibdiki, siz begona ayollar bilan tez-tez uchrashib turarkansiz.

— Nahotki, sezilgan bo’lsa?

— Ha, siz zontikni chiroyli taxlarkansiz.

 

* * *

 

Turmada.

— Sen bu yerga qanday tushib qolding?

— Aksa urganim uchun.

— Ie, buni qanday tushunsa bo’ladi?

— Men aksa urdim, qorovul uyg’onib ketdi.

 

* * *

 

Chet elliklar delegatsiyasi turmaga kelishdi. Ularga kuzatuvchilar bu yerni pionerlar lageri deb tanishtirishdi. Mahbuslarga pionerlar kiyimlarini kiydirib, bo’ynilariga bo’yinbog’ bog’lab qo’yishdi. Mehmonlardan biri mahbus yoniga kelib so’radi:

— Yoshing nechada?

— O’n beshda.

— Negadir yoshingga nisbatan katta ko’rinarkansan.

— Eh, hozir pionervojatiy vishkada turibdi-da, bo’lmasa, shu gaping uchun kuningni ko’rsatib qo’yardim.

 

* * *

 

Juhud do’stiga dedi:

— Men xotinim Saraning tug’ilgan kuniga marvarid solinadigan quticha sovg’a qilmoqchiman.

— Adashmasam, xotining «Mersedes»ni orzu qilardi shekilli?

— E, men unga sun’iy «Mersedes»ni qaerdan topaman?

 

* * *

 

Avtobus bekatida bir erkak timsoh bilan yonma-yon turibdi.

— Yo’q, men bu avtobusda ketmayman! — deya injiqlana boshladi timsoh.

Shunda erkak unga dedi:

— Hadeb ming’illayverma! Aks holda hoziroq kayfim tarqaydi-yu, sen ko’zdan g’oyib bo’lasan.

 

* * *

 

Restoranda ofitsiant go’zal bir qizning oldiga maktub qo’yib ketdi. Unda shunday so’zlar bitilgandi:

— Men sizni bir ko’rishdayoq sevib qoldim. Sizsiz yashay olmayman. Ertaga sizni o’z uyimga kechki ovqatga taklif etaman. Agar mabodo siz ertaga band bo’lsangiz, iltimos, maktubni o’ng tomoningizdagi stol qarshisida o’tirgan mallasoch qizga uzatib yuboring!

 

* * *

 

Er xotiniga dedi:

— Menga qara, ertaga eng yaqin do’stimning to’yi bo’ladi… Kim bilan edi-ya… Eh, esimga kelmayapti!..

— Voy, yaqin do’stingizning to’yi bo’lsa, men nima kiyib boraman? Bundan tashqari, sovg’ayam olish kerak. Vaqtliroq aytsangiz bo’lmasmidi?

— Eh, ahmoqsan-da, xotin! Bu to’y emas, kinoning nomi shunaqa. «Eng yaqin do’stimning to’yi» deb ataladi. Juda madaniyatsizsan-da o’zing ham!

— Voy-voy-voy!.. Kelib-kelib siz madaniyat haqida gapirayapsizmi?.. Menga qarang, o’tgan yili ketdik «Oqqush ko’li»ga boramiz deganimda, kim qo’yniga qarmoq solvolgan edi-a?

 

* * *

 

Erkaklarga ayollarning xushomadlari:

— Men sizning yoningizda bo’lsam, o’zimni juda aqlli his eta boshlayman.

— Juda jiddiy, o’ychansiz. Qamoqdan chiqib kelyapsizmi?

— Ko’ylagingizga tegib qolgan lab bo’yog’ining rangi juda chiroyli ekan.

— Men erkaklar uchun qizil paypoqlar ishlab chiqarila boshlaganidan bexabar ekanman.

— Yaxshi, siz bilan yashash maroqli. Lekin afsuski… Pulingiz juda kam qoldi.

 

BI-IR KULIShMAYMIZMI?..BI-IR KULIShMAYMIZMI?..BI-IR KULIShMAYMIZMI?..