Esingizda bo’lsa, bundan bir necha yil oldin Indoneziyaning Sumatra orolidagi qishloqda yashovchi 2 yashar bolakay Ardi Rizolning kuniga 40-50 donaga yaqin sigaret chekib tashlashi haqida xabar qilgandik. Vaholanki, o’sha paytda uning kashandalik bo’yicha besh-olti yillik «staj»i bor edi. Mana, oradan 8 yil o’tibdi. Xo’sh, kashanda bolakayning ahvoli ne kechdi ekan? Nima deb o’ylaysiz?..
O’sha paytlarda ham Ardining onasi o’g’liga sigaret berishmasa, asabiylasha boshlashi, hatto, baqir-chaqir qilib boshini tinimsiz devorga ura boshlashini aytib yig’lagandi. Nimaymish, bola sigaret chekmasa, boshi aylanib o’zini yomon his eta boshlarkan. Otasi bo’lsa, bu holatga xotirjam munosabat bildirgan. Unga o’g’lining salomatligi kerakligini aytib bosh egib qo’ya qolgan.
Bu xabar dunyo miqyosiga chiqqach, Indoneziya hukumat rahbarlari muammoni bartaraf etish uchun mutaxassislarni yo’llagan.
— Bu bola shu yerdagi muhit qurboniga aylanmasaydi, — degandi mutaxassislardan biri. — Chunki qishloqda hamma kashanda. Ular uchun bolaning sigaret tutashi ham oddiy bir holatdek tuyuladi. Ammo go’dakka yordam ko’rsatish zarur. Sigaret o’rniga uni nimagadir qiziqtirib ko’rish kerak…
Endi Indoneziya ichkarisiga nazar solamiz. Ma’lum bo’lishicha, bu mamlakatda bolalar 10 yoshga yetib-etmay kashandaga aylanarkan. Reklamaning deyarli 99 foizi sigaret bilan bog’liq.
Ardiga qaytsak, uni reabilitatsiya markaziga davolanish uchun yotqizishdi. Vrachlar oldin dori yordamida uni kashandalikdan qutqarmoqchi bo’lishdi. Foydasi bo’lmadi. Shunda sigaretni ovqat bilan almashtirishdi. Unga o’ziga yoqqan ovqatlarni berishdi. Bola istagancha yeyaverdi. Qarabsizki, 6 yoshga yetib semirib ketdi. Ovqatlar tarkibida keragidan ko’p shirinlik mavjud edi. Shu narsa bola ortiqcha vazn yig’ishiga sababchi bo’ldi.
Bu ovqatlardan voz kechishi uchun Ardiga yana ikki yil kerak bo’ldi. 8 yoshga yetib, u me’yorida, mutaxassislar tanlab bergan taomlarni iste’mol qiladigan bo’ldi. Sigaret xumori o’tmishda qoldi. Tashqi ko’rinishi ham go’zallashdi.
Astag’firillo!!!