Xuddi shu savolga Rossiyadagi ORT telekanali orqali har juma kuni namoyish etiladigan shou boshlovchisi Leonid Yakubovich tushuntirish berdi. Uning aytishicha, shou ishtirokchilari sovg’a sifatida olib kelgan tuzlamalardan tortib, shirinlik-u, oziq-ovqatlargacha tomoshabinlar tarafidan «supurib» ketilarkan.
— Shou tamom bo’lishi bilan zalda o’tirgan tomoshabinlar orqa ketiga qaramay, o’zlarini barabanga urishadi, — dedi Yakubovich. — Ko’ribsizki, pirojniy, tortlar cho’ntakka, qo’ltiqqa uriladi. Qolgan mahsulotlar paketlarga solinadi. Bu jarayon uzoq davom etmaydi. Qandaydir sanoqli daqiqalar ichida baraban bo’shliqqa aylanadi. Men «Hoy, odamlar, bu yerga ovqat yeyishga kelganmidingiz? Go’daklarni bosib o’tib ketmang! O’zingizni bosing!» deb qichqiraman. Afsuski, birov kimga aytyapsan ham demaydi. Ochig’i, buni ming marta eshitgandan, bir marta ko’rgan yaxshi…