Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Time o’quvchilari tomonidan yilning eng nufuzli odami deb topildi.
Zelenskiy 3,3 milliondan ortiq ovoz to’plab, birinchi o’rinni egalladi. Ikkinchi o’rinni Tesla va SpaceX bosh direktori Ilon Mask, uchinchi o’rinni Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson egalladi.
«Fevral oyida Rossiya qo’shinlari Ukrainaga keng ko’lamli bosqinni boshlaganida, 2019 yilda Ukraina prezidenti etib saylanmagunga qadar hech qanday siyosiy tajribaga ega bo’lmagan komik Zelenskiy jahon sahnasiga chiqdi va Ukrainani qo’llab-quvvatlash uchun yetakchilarni birlashtirdi», deyiladi maqolada.
Izohlarni ko`rish