Afg'onistonda futbolchilarga «shortik» kiyish man etildi

18 yoshdan kichiklarga sportning har qanday turi bilan shug’ullunish man etildi, deb yozmoqda Zamon.uz nashri.

Afg’onistonda futbolchilarga «shortik»da futbol bilan shug’ullanish taqiqlab qo’yildi.

Afg’onistonning G’azni viloyati stadionlari va sport maydonchalarida Ezgulikni targ’ib qilish va illatlarning oldini olish vazirligi xodimlari kelib, sport qoidalari va liboslariga oid yangi qoidalarni o’rnatdi.

Qayd etilishicha, vazirlik xodimlari futbolchilarni mashg’ulotlar va musobaqalarda sport shortilarini kiymaslik haqida ogohlantirgan.

Shuningdek, «Tolibon» harakati kurashchilarga faqat yuqori pozitsiyadan foydalanishni tavsiyaqilgan va yotgan holda kurashishni taqiiqlagan.

Xabar berilishicha, G’azni viloyatida 18 yoshdan kichiklarga sportning har qanday turi bilan shug’ullunish taqiqlangan.