«PSJ» Kilian Mbappega ajoyib taklif bilan chiqdi

«PSJ» klubi hujumchi Kilian Mbappega yangi taklif bilan chiqdi. Fransiya klubi futbolchiga klub boshqaruvida ishtirok etishiga ruxsat bermoqchi, deb xabar beradi La Republica El Chiringuito TV telekanaliga tayanib.

Manbaga ko’ra, «PSJ» jamoasining asosiy yulduzini «Real»ga o’tkazib yubormaslikka harakat qilmoqda. Fransuz klubi Mbappega kelasi mavsumdan boshlab loyiha egasi bo’lishni taklif qildi, o’shanda u jamoada murabbiy almashishda o’z so’zini aytadi va transfer siyosatiga ham aralasha oladi.

Eslatib o’tamiz, joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha turnirlarda 45 ta o’yinda maydonga tushib, 36 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.