56 yoshli fransuz Alan Rober osmono’par binolarga qo’rqmasdan tirmashishi bilan olamga mashhur. Shu jasorati bilan u hatto Ginnesning Rekordlar Kitobiga ham kiritilgan. Uning bu safargi maqsadi Manila shahridagi 47 qavatli bino bo’ldi.

Fransiyalik bilder (bino devorlariga tirmashishni xush ko’radiganlarni shunday deb atashadi) “GT International Tower” binosining 217 metrli cho’qqisini zabt etdi. Yana o’zini sug’urta qildirmasdan!

Qonun himoyachilari halaqit bermasliklari uchun Alan Rober o’z maqsadini oshkor etmadi. Uni faqat mahalliy aholi vakillaridan bo’lmish tomoshabinlar qo’llab-quvvatlab turishdi.

Rekordchi maqsadiga erishgach, filippinlik huquq-tartibot idoralari xodimlari bilan baribir ko’rishishga majbur bo’ldi. “O’rgimchak odam”ga jamoat tartibini buzish ayblovi qo’yildi.