AQShning Florida shahrida yashovchi Maykl Esmond 114 qo’shnisining kommunal qarzlarini to’lab berdi, deb yozdi CNN.
Ma’lumotlarga ko’ra, Esmond 74 yoshda va hovuzlarni tozalash kompaniyasiga ega.
Amerikalikning aytishicha, 2020 yil uning biznesi uchun yaxshi yil bo’lgan. Ammo boshqalar uchun yashash ancha qiyinlashgani uni o’zini aybdor his qilishiga sabab bo’lgan.
«Men koronavirus va u sabab shahrimda yuzaga kelgan iqtisodiy inqirozni ko’rdim. Keyinroq mahalliy aholi «Salli» bo’ronidan ancha aziyat chekdi. Bizda hali ham ko’pgina uylar tomlar o’rniga shunchaki qalin matolar bilan yopilgan. Shu bois yordam berishga qaror qildim», deydi Esmond.
Izohlarni ko`rish