Issiq havoda har bir kishi kuchli terlashga duch keladi. Bu mutlaqo tabiiy jarayon — shu tarzda organizm tana haroratini tartibga solishga harakat qiladi. Biroq hech kim kiyimdagi ter dog’larini yoqtirmaydi, ayniqsa ular ishda yoki uchrashuv paytida paydo bo’lsa. Ularning paydo bo’lishini qanday oldini olish mumkin? Grazia nashri muammoni bartaraf etishga yordam beradigan tavsiyalar bilan bo’lishdi.
Kiyim tanlashga mas’ulyat bilan yondashing
Agar ko’p terlayotgan bo’lsangiz, paxta yoki shoyi kabi havo o’tkazadigan matolardan tikilgan yengil, keng kiyim kiygan ma’qul. Quyosh nurlarini qaytaruvchi yorqin ranglarni tanlang, bu kamroq terlashga olib keladi.
Bundan tashqari, bir necha qavatli ko’rinish yaratish mumkin. Misol uchun, katta o’lchamdagi ko’ylakni mayka yoki top ustidan kiyish mumkin. Shundan so’ng ter dog’lari paydo bo’lish ehtimoli kamayadi.
Ratsionni ko’rib chiqing
Achchiq ovqatdan saqlanish tavsiya etiladi — tana uni sovutishga harakat qiladi, bu esa odamni ko’proq terlashiga olib keladi. Shuningdek, qahvani me’yoridan ortiq ichish tavsiya etilmaydi, ular buyrak usti bezlari faoliyatini rag’batlantiradi, buning natijasida kaft, oyoq va qo’ltiq osti terlaydi.
Chanqoq hissi paydo bo’lishidan saqlaning
Suvsizlanish tana haroratini pasaytirishga yordam beradi, natijada ter kamroq ajralib chiqadi. Chanqamaslik uchun har doim yoningizda bir shisha suv olib yuring.
Antiperspirantlardan foydalaning
Antiperspirant va dezodorant o’rtasidagi farqni bilasizmi? Birinchi vosita ter bezlarining harakatini bloklaydi, shuning uchun qo’ltiq osti quruq qoladi, ikkinchisi esa faqat ter hidini yo’q qiladi. Har doim yorliqda nima yozilganiga e’tibor berish lozim — ikkala mahsulot ham do’konlarda bir xil javonda joylashgan, bu xaridorlarni chalg’itishi mumkin.
Agar ortiqcha terlashdan aziyat cheksangiz va bu maslahatlar sizga yordam bermasa, shifokor bilan maslahatlashing.