Shomurodov Barselonada to'p suradi

«Roma» hujumchisi Eldor Shomurodov shu yilning 6 avgustida Barselonaga borishi mumkin.

Gap shundaki, «Barselona» futbol klubi har mavsum oldidan an’anaviy tarzda o’tkaziladigan Gamper kubogiga Italiyaning «Roma» klubini taklif qildi.

«Roma» 2015 yilda ham Gamper kubogida ham mehmon bo’lgandi. O’sha yili «Barsa» Neymar, Messi va Rakitichning gollari evaziga 3:0 hisobida g’alaba qozongan.