YouTube onlayn-xostingining bosh direktori Syuzan Voychiski payshanba kuni o’z lavozimidan ketishini ma’lum qildi, deya xabar bermoqda TASS.
«Men YouTube rahbari lavozimini tark etishga qaror qildim. Men (hayotimda) oilam, sog’ligim va shaxsiy loyihalarimga yo’naltirilgan yangi sahifa ochyapman», — deb yozdi u o’z blogida.
Syuzan Voychiski «YouTube»ni to’qqiz yildan beri boshqarib keladi. Unga ko’ra, 2015 yildan buyon ishlab chiqarishni nazorat qilish bo’limiga rahbarlik qilib kelayotgan Nil Moxen videoxostingning yangi direktori bo’ladi.
S. Voychicki esa texnologiya giganti Googlega (Google YouTubeni 2006 yilda sotib olgan) egalik qiluvchi Alphabet xoldingida maslahatchi bo’lib qoladi.
Izohlarni ko`rish