Lionel Messi «PSJ»ni tark etishga yaqinLionel Messi (PSG), FEBRUARY 14, 2023 — Football / Soccer : UEFA Champions League Round of 16 1st leg match between Paris Saint-Germain 0-1 FC Bayern Munchen at the Parc des Princes in Paris, France. (Photo by Mutsu Kawamori/AFLO) No Use China. No Use Taiwan. No Use Korea. No Use Japan.

“PSJ” hujumchisi Lionel Messi parijliklar safida qolishni istamayapti.

L’Equipe nashrining xabar qilishicha, futbolchining otasi va agenti Xorxe Messi “PSJ” rahbariyati bilan uchrashgan. Muzokaralar yakuniga ko’ra tomonlar kelishuvga erisha olmagan.

Messining parijliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozida tugaydi. Argentinalik futbolchi bu bitimni uzaytirmoqchi emas.

Yanvar oyida “PSJ” Leo bilan kelishuvni uzaytirish borasida optimistik kayfiyatda edi. Biroq hujumchi taklifni qabul qilishni istamayapti. Qayd etilishicha, Messining vakillari boshqa variantlarni ham o’rganib chiqish istagida.

Jurnalist Xerar Romeroning xabar qilishicha, Xorxe Messi “PSJ” bilan muzokaralar yakunlangach, Barselonaga uchib ketgan. Biroq Xorxe Messi o’g’lining “Barselona”ga o’tish ehtimoli yo’qligini ma’lum qildi.

«Leo “Barselona”ga qaytadi deb o’ylamayman. Sharoit yo’q. Hech qanday taklif mavjud emas, biz Laporta bilan gaplashmadik», — deydi Xorxe Messi.

Messi “Barselona”ga qaytish varianti borasida o’ylayotgan bo’lsa, bu faqat 6 oylik shartnoma bo’ladi, deyiladi L’Equipe maqolasida. Futbolchi shu bilan Yevropadagi faoliyatini yakunlab, dekabr oyida “Inter Mayami”ga safiga qo’shilishi mumkin.

Aytilishicha, JCh—2022 dan keyin “PSJ” ichki muhitidagi holat yomonlashgan va bu Leoga yoqmayapti. Messi “PSJ” nima sababdan loyihani Kilian Mbappe atrofida qurayotganini tushunmayapti. Shuningdek, futbolchi o’zi va Neymarga nisbatan e’tiborning kamligidan norozi.

35 yoshli Messi “PSJ” safida joriy mavsum barcha musobaqalar doirasida 26 ta o’yin o’tkazib, 15 ta gol va 14 ta golli uzatma muallifiga aylandi.