Nodirbek Abdusattorov «WR Chess Masters» turnirining 2-turida g'alabaga erishdi

Germaniyaning Dyusseldorf shahrida shaxmat bo’yicha mukofot jamg’armasi 140 ming yevroni tashkil etgan «WR Chess Masters» turnirining 2-tur bahslarida hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov rossiyalik shahmatchi Andrey Yesipenko bilan bahs yuritdi.

Shiddatli o’tgan bahsning 41-yurishidan keyin FIDE bayrog’i ostida harakatlangan Andrey Yesipenko taslim bo’ldi.