Bangladesh poytaxti Dakka shahrida yuz bergan yong’in natijasida 40 ta inson halok bo’ldi.

Yong’in 4 qavatli turarjoy binosida yuz bergan bo’lib, uning ayrim qavatlaridan kimyoviy ombor sifatida ham foydalanishgan. Taxminlarga ko’ra, yong’inga gaz ballonning portlashi sabab bo’lgan.

Oqibatda 41 nafar odam halok bo’ldi. Bangladesh yong’inni o’chirish xizmati rahbari Ali Ahmadning so’zlariga ko’ra, qurbonlar soni ko’payishi mumkin ekan.

2013 yilda Bangladesh shahridagi tikuv sexida kelib chiqqan yong’in oqibatida 9 nafar odam halok bo’lgandi.