Ispaniyaning Valensiya shahri qimmatbaho restoranlaridan birida ommaviy zaharlanish kuzatildi. Oqibatda 29 ta odam shifoxonaga tushdi, bir nafar inson esa vafot etdi.

Hayotdan ko’z yumgan ayol mazkur restoranga kelib, qo’ziqorinli taom buyurgan. Ayni shu ovqat zaharlanish o’chog’iga aylangan. Chunki agar qo’ziqorin noto’g’ri tayyorlansa, undagi zahar tayyor taomda ham qolishi aniq.

Ma’lumotlarga ko’ra, o’sha kuni restoranda 75 nafar inson ovqatlangan. Mazkur holat restoran obro’yiga katta dog’ bo’lib tushdi. Restoran egasi zaharlanganlar oilasidan rasmiy uzr so’radi.