1. Yo’lbarsning ko’zlari tun sharoitiga moslashmagan bo’lsa-da, u qorong’ilikda odamga nisbatan olti hissa yaxshiroq ko’radi.
2. Ko’pchilik yo’lbarslarning ko’zlari sariq bo’ladi. Lekin oq yo’lbarsning ko’zlari moviy.
3. Yo’lbars o’ziga tegishli hudud chegarasini daraxtga siyish orqali belgilaydi.
4. Yo’lbarsning siydigiga qarab boshqa bir yo’lbars u haqida ko’plab axborotlarga ega bo’lishi mumkin. Masalan, yoshi, jinsi, ayni palla jismoniy holati haqidagi ma’lumotlarni osongina aniqlay oladi.
5. Yo’lbarslar odatda boshqa hayvonlarga irillamaydi. Irillash orqali bir-birlari bilan muloqot qiladi.
6. Agar o’ljaga bir nechta yo’lbars da’vo qila boshlasa, urg’ochi yo’lbars oldin erkagi va bolalariga navbat beradi.
7. Yo’lbarsning peshonasidagi qora chiziqlar xitoyliklarning “Qirol” deb nomlangan ieroglifini eslatib yuboradi.
8. Boshqa mushuksimonlardan farqli o’laroq yo’lbars suvda cho’milishni xush ko’radi. U sira qiynalmasdan daryoning u sohilidan bu sohiliga to’xtovsiz suzib o’ta oladi.
9. Yo’lbars bolalari ko’zlari ko’r tug’iladi, ikki haftadan keyingina ko’zlari ochiladi. Ularning yarmidan kamrog’igina yashab qoladi.
10. Aslida yo’lbars odamni o’lja sifatida qabul qilmaydi. Faqat xavfni sezib odamlarga ham tashlanishga majbur bo’ladi.
11. Hindistondagi yo’lbarslar orasida faqat odam go’shti bilan oziqlanadigan alohida yo’lbarslar to’dasi bor. Lekin ular faqat yolg’iz ketayotgan odamgagina hujum qiladi. Ko’pchilik bo’lsa, qo’rqadi.
12. Yo’lbars miyovlashni bilmaydi. Erkalanganda, ko’zlarini yumish orqali bu holatini namoyish etadi.
13. Yo’lbars soatiga 60 kilometr tezlikda chopadi. Bundan tashqari, besh metr yuqoriga ham bir urinishda sakray oladi.
14. O’ljasini o’ziga jalb etish uchun yo’lbars atayin boshqa hayvonlar tovushida sado beradi.
15. Yo’lbars o’ljasini bo’g’ish yoki bo’ynini g’ajib tashlash yordamida o’ldiradi.
16. Yo’lbarsning jag’i shu qadar baquvvatki, eng qattiq suyakni ham bir tishlab tortishda uzib oladi.
17. Yo’lbars yaralansa, jarohatni o’z so’lagi yordamida davolaydi.
18. Yo’lbars maksimum 25 yil umr ko’radi.
Olimjon HAYIT tayyorladi
Wow
Wow it’s interesting fact for me
Wow