Yerda harorat o’tgan yili uch million yil davomida eng yuqori darajaga chiqdi, bu insoniyatni iqlim fojiasiga yanada yaqinlashtirdi, deb bayonot berdi BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish “Iqlim bo’yicha Petersberg muloqoti» forumida so’zga chiqib.
Uning ta’kidlashicha, atmosferada is gazining konsentratsiyasi eng yuqori darajasiga chiqdi, ya’ni sanoatlashish davrigacha bo’lgan darajadan 148 foizga ko’p.
Bosh kotibning qo’shimcha qilishicha, bu uch million yil davomidagi eng yuqori ko’rsatkichdir.
«Hozirgi majburiyatlarimizga qaramay, biz hali ham haroratning falokatli oshib borishi tomon harakat qilyapmiz, ya’ni asr so’nggigacha harorat 2,4 daraja oshadi. Biz falokat yoqasida turibmiz», — deya ogohlantirdi BMT rahbari.
Eng yomon ssenariyning oldini olish uchun insoniyat birdamlikda ish olib borishi lozim va taraqqiyotning yanada «toza va yashil» yo’liga o’tishimiz kerak, deya xulosa qildi u.