1.Finlarda ochko’zlik, nafsga qul bo’lish, boylikka intilish degan tushuncha yo’q, ular bunday tushunchani yovvoyi Osiyoliklarga xos kaltafaxm odamlar (degenerat) uchun ko’ngilxushlik deb xisoblaydilar. Tillo tuvakka faqatgina kaltafaxm odamlargina xojatini chiqaradi.
2.Finlar birovlarning xisobidan boyishni mutlaqo tasavvur qila olmaydilar.O’z millatdoshlari xisobiga boyishni ular xalqqa nisbatan nafrat deb xisoblaydilar. Bunday ishlarni faqat razil qabix kimsalargina qila olarkan ularning tushunchalari bo’yicha.
3.Finlar aniq-tiniq tushunadilarki davlat byudjetiga xiyonat bu o’z farzandlarining kelajagiga, millat-xalq kelajagiga ulug’ bir xiyonat ekanligini. Axir o’sha davlat-xalq mulkini o’marayotgan odam xam shu Finlyandiya xavosidan nafas oladi, suvini ichadi, shu yo’llarda yuradi, uning bolalari xam maktablarga boradi. O’z farzandlari va ularning kelajagidan nafratlanish ya’ni ularning kelajagini o’g’irlash faqat manaviy tasqara odamning (davomi)
ya’ni tasqara maxluqningina qo’lidan keladi deb xisoblaydilar.
4.Finlar qattiq ishonadilarki o’g’rilar bular eng qo’rqoq tuban odamlar, ular doimo adolat qasosidan qo’rqib,yashirinib,xalovatsiz yashashlarini biladilar. Bunday odamlar xech qachon chinakkamiga ozod bo’la olmaydilar, bunday odamlar elga xech qachon qo’shila olmaydilar, xalq ularga tupuradi va ulardan nafratlanadi.
5.Finlar xech qachon farzandlarini biron o’qishga yoki ishga tiqishtirmaydilar. Ular bu bilan o’z farzandlariga zarar keltirayotganlarini yaxshi tushunadilar. Ular noqonuniy ish qilishni yana farzandlari uchun jinoyat qilishni tasavvur xam qila olmaydilar. Chunki ular inson o’z ilmi, malakasi, qobiliyati bilangina biron narsaga erishishi kerak deb xisoblaydilar. Bu yo’lda ular o’z farzandlari agar boshqalardan ilmsizroq yoki qobiliyatsizroq bo’lsa xech qachon o’sha bollarning joyini o’z bolasiga ravo ko’rmaydilar, bu ishni finlar razolat, adolatsizlik deb xisoblaydilar. O’z farzandlariga yaxshilik qilaman deb unga kelajakda muammolar ortirish faqat axmoq odamning ishidir deb tushunadilar.
Balki shuning uchundir deyarli xech qanday boyligi yo’q Finlyandiya dunyodagi eng farovon, taraqqiy etgan, baxtli odamlar mamlakati bo’lib qolmoqda!.
Manba: @etnosuz