Zamonaviy san’at asarlari kishini ajablantirib, hayratga tushirishi mumkin. Go’yo bu haykallar havoda parvoz qilayotgandek, shubhasiz, bu tomoshalar juda ta’sirli, negaki ko’z oldimizga haqiqiy mo»jiza sodir bo’layotganga o’xshaydi.
E’tiboringizga bir ko’rishda “Bu qanday turibdi ekan?!” degan savol tug’diradigan asarlarni havola etamiz.
Rassom Lorenso Kuinn sunami va tornado butun Tailandni vayronaga aylantirganini o’z ko’zi bilan ko’rgandan so’ng bu haykal paydo bo’ldi. Kuchli taassurot ostida qolgan rassom bir necha yil davomida tabiatning barcha kuch-qudratini ifodalovchi haykallar turkumini yaratdi.
Havoda muallaq turgan kran. Xayoliy va g’ayrioddiy bu san’at asari Buyuk Britaniyada joylashgan.
Qohira xalqaro aeroportiga yetib kelgan ko’pchilik bu qiziqarli art-ob’yektni kuzatishi mumkin. Ushbu asarni unchalik mashhur bo’lmagan va hozirgi paytda faqat o’z vatanida tanilgan Smaban Abbas yaratgan.
Bir-biriga payvandlangan ikkita yuk mashinalaridan yaratilgan qiziqarli va o’ziga xos asar 2007 yilda jamoatchilikka namoyish etilgan. Balandligi 14 metr bu installyatsiyani Mayk Ross yaratdi.
Xartumida turib, havoda muvozanatini saqlaydigan bu fil Fransiyaning Fontenblo saroyida joylashtirilgan. Haykal Daniel Friman tomonidan yaratilgan.
Ushbu binoga qarab, u havoda muallaq turgandek va asfaltning kichik qismi orqaga tashlangandek tuyuladi.
Aleks Chinnek nafaqat teskari ko’rinadigan uyni, balki asfaltga o’ralib teskari osilgan mashinani ham yaratdi.
Binodan sug’urib olingan xona Fransiya shaharchasidagi maydon ustida parvozda. Argentinalik rassom Leandro Erlix o’z ijodi bilan tomoshabinlarni doimiy ravishda hayratga solib kelmoqda.
Samoga uchadigan mashinalar konstruksiyasini Djerri Djuda yaratdi.
Aslida bu asarda qimmat markali Porsche, Carrera va Coupe kabi haqiqiy avtomobillar ishtirok etgan. Mashinalar 25 metrli shpil(langar)larga biriktirilgan.
Muvozanatlashtirilgan shoh durdonalarini yaratgan taniqli haykaltarosh Yeji Kendzerning asarlarini dunyoning istalgan nuqtasida topish mumkin.
Polshalik haykaltarosh Yeji Kendzer yaratgan ushbu haykallarning kuchli shamolda ham tebranmasdan sokin turishi hozirgacha ko’pchilik uchun sir bo’lib qolmoqda.
Zarnews.uz