Yashil no’xatning foydali tomonlari
Yashil no’xat bu odamlarning iste’mol qilish uchun yetishtirgan eng birinchi sabzavoti bo’lib, bu taxminan bundan 5 000 yil oldin yuz bergan. Bu mazali va to’yimli mahsulot o’zida ko’pgina vitamin va antioksidantlarni saqlaydi. Su sabab ham, uni butun dunyo bo’yicha sevib iste’mol qilishadi.
Yaashil no’xat bu oqsil manbai bo’lib, organizmda yaxshi parchalanadi va u jonivorlar oqsili o’rnini ham bosadi. Yashil no’xat sizga quyidagilarda yordam beradi:
· moddalar almashinuvi va qonning quyulishida;
· mushak va suyaklarni mustahkamlashda;
· kasalliklar va charchashga qarshi kurashishda;
· yurak qon-tomir tizimini mustahkamlashda yordam beradi.
Yshil no’xatning zarari
Bunday foydali mahsulotning ham o’ziga yarasha zararli tomonlari mavjud ekan. Birinchi o’rinda yashil no’xat allergen mahsulot bo’lib, allergiyaga moyilligi bor insonlar undan iste’mol qilishlari mumkin emas. Shuningdek oshqozon-ichak tizimi bilan bog’liq muammolarga ega insonlar ham undan ko’p iste’mol qilishlari tavsiya qilinmaydi.
Ozishda yashil no’xatning o’rni
Foydali va mazali yashil no’xatni parhez tutuvchilar ham iste’mol qilishsa bo’ladi. Bu kaloriyasi past bo’lgan mahsulot organizmni tartibga keltirishga quyidagi tarzda yordam beradi:
· yashil no’xatda organizmni tozalaydigan kletchatkalar juda ko’p;
· yog’ va kaloriya miqdori juda kam;
· u uzoq vaqtgacha to’qlik hissini bag’ishlaydi;
· u yog’larni parchalab, ortiqcha xolesterinni organizmdan chiqarishga yordam beradi;
· undagi antioksidantlar moddalar almashinuini yaxshilaydi.
Mahsulotning 100 grammi 73 kKalni tashkil qilib, 5 grammini oqsillar, 0.2 grammini yog’lar, 13.8 grammini uglevodlar tashkil qiladi.
Yashil no’xatni bolalarga bersa bo’ladimi
Yashil no’xat ossiysiga va loviyalarga nisbatan tezroq hazm bo’lishi sabab ham, uni bolalarga donli mahsulotlar orasidan birinchilardan bo’lib berish tavsiya qilinadi. 8-9 oylik bolalarga undan mazali pyure tayyorlab berish mumkin. Bunday yoshda bola organizmi shunday ovqatlarni hazm qilishga yordam beruvchi kerakli fermentlarni ishlab chiqaradi.
Yashil no’xatni qishga qanday g’amlash kerak
Yashil no’xatni bankaga yopish yoki muzlatib qo’yish to’g’risida bundan oldin yozib o’tganmiz. Agarda siz uni bankaga yopishni yoki muzlatishni xohlamasangiz, unda uni quritib qo’ying. Bunda u o’zining rangi va foydali xususiyatlarii yo’qotmaydi.
· qozonga suv soling, ozroq tuz seping, qaynash darajasiga keltiring va no’xatlarni soling, 2 daqiqa o’tib, ularni oling va darhol muzdek suvga soling;
· suvini to’kib, no’xatlarni sochiqqa bir qavat qilib tering;
· gaz pechi patnisiga olib, 40 C darajali duxovkada 2 soat davomida quriting. Bunda duxovkaning eshigi ochiq qolishi kerak;
· so’ng no’xatlarni toza havoda yana 2 soat quriting;
· so’ng 50 c da yoqilgan gaz pechida yana 2 soat quritamiz
· yana toza havoda quritamiz;
· 70 C qizdirilgan gaz pechida yana 1,5-2 soat quritamiz.
Bunday no’xatlarni yopiq bankalarda 1 yilgacha saqlash mumkin.
Pazandachilikda yashil no’xat
Yashil no’xatdan juda ko’p taomlar tayyorlash mumkin. Uni sho’rvalarga, salatlarga solish, undan pyure va qaylalar tayyorlash ham mumkin.
Pasta uchun yashil no’xatdan quyidagicha oddiy pasta tayyorlashingiz mumkin:
· 1 stakan yashil no’xatni tuzli suvda pishirib oling;
· no’xatni blenderda maydalang, ¾ sstakan rayhon yaproqchalari, 2 sarimsoqpiyoz tishchasi, ¼ qirg’ichdan chiqarilgan parmezan, ¼ stakan yong’oq va 3-5 osh qoshiq zaytun yog’i soling;
· ta’bga qarab tuz va murch seping.