Bugungi kunda mashinalar odamlarning o’rnini egallagan bir qancha kasblar bor. AQSh mehnat vazirligining hisob-kitoblariga qaraganda esa, 2025 yilga kelib bugungi maktab o’quvchilarining 65 foizi hali o’ylab topilmagan kasblarning egalari bo’ladi.
Robotlar qanday kasblarning kushandasiga aylanishi mumkin? “Ideonomika” sayti robotexnika va zamonaviy texnologiyalar tufayli yaqin bir necha yil ichida eskilik sarqitiga aylanishi mumkin bo’lgan yetti kasbni aniqladi.
1. Taksichi
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038 yilda.
Avtomatik boshqariluvchi mashinalar ustidagi ishlar davom etmoqda, bir necha o’n yilda nafaqat kirakashlar, balki umuman haydovchilarga ehtiyoj qolmasligi mumkin.
2. Buxgalter
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028 yilda.
Sun’iy ong asosiga qurilgan buxgalterlik dasturlari shu qadar kuchli va arzon mahsulotga aylanadiki, “tirik” buxgalterlar ular bilan bahslasha olmaydi.
3. Yurist yordamchisi
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2026 yilda.
Yuristlarga ham avtomatlashtirilgan yordamchilar ko’proq asqotadi — ular tezroq ishlaydi, ko’proq narsa biladi va hech qachon dam olmaydi.
4. Aviadispetcher
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2038 yilda.
2034 yilda odam aviadispetcher aybi bilan ro’y berajak qo’rqinchli halokat tufayli hukumat havodagi harakatni kompyuterlar boshqarishini talab qiladi.
5. Avtoturargoh xodimi
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2028 yilda.
Yangi texnologiyalar mashinaning avtoturargohda qancha turganini aniq kuzatish imkonini beradi, bu to’lov masalasiga aniqlik kiritadi.
6. Turoperator
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2025 yilda.
Siz onlayn turistik agentlik saytiga kirasiz, safaringiz haqida hikoya qilib berasiz, sayt aniqlashtiruvchi savollar yordamida sizga qulay yo’nalishni tanlab beradi.
7. Tarjimon
Qachon ehtiyoj tugaydi: 2031 yilda.
2028 yilda Google og’zaki nutqni aniq tarjima qilish vositasini ishlab chiqaradi, shu bilan “tirik” tarjimonlarga zarurat qolmaydi.