Kecha, 2019 yil 26 dekabr kuni dunyo bo’ylab quyosh tutildi. Oy o’zining Yer atrofidagi harakati davomida Quyosh va Yer o’rtasida turib qolib, Quyoshdan kelayotgan nurni to’sib qo’yganda “quyosh tutilishi” deb nomlangan tabiiy hodisa sodir bo’ladi. Quyosh tutilishi dunyoning qaysidir mintaqasida to’liq, yana qaerdadir qisman ko’rinadi. The Guardian nashri ushbu hodisani turli tomonlardan kuzatishga imkon berdi.
Markaziy Myanmada (Birma) joylashgan Van Tvin osmonida quyosh tutilishi mana shundy ko’rindi.
Tailand poytaxti Bangkokda ham Quyosh yarim Oy ko’rinishida tutildi. Quyoshning keyingi marta to’liq tutilishi 2020 yil iyunida bo’ladi va Afrikadan Shimoliy Osiyogacha bo’lgan hududlarda aniq ko’rinadi.
Myanmalik bolalar qora ko’zoynak vositasida quyosh tutilishini kuzatmoqda.
Yaman poytaxti Sanoda Quyosh to’lib borayotgan Oy tusiga kirdi. (Yangi Oyning “o’rog’i” o’ngdan chapga qaragan bo’ladi.)
Hindistonning Mumbay shahridagi maktab o’quvchilari maxsus usul bilan Quyosh tutilganda ko’rinadigan “olovli xalqa”ni kuzatishga urinmoqda.
Bangkok osmonida Quyosh tutilishi uzra uchayotgan qush.
Pokiston poytaxti Islomobodda yashaydigan qiz quyosh tutilishini rentgen qog’ozi vositasida kuzatyapti. Ehtiyoj kashfiyotlarga sabab bo’ladi.
Hindistonning Tamil Nadu shtati Dindigul shahrida Quyosh to’liq “olovli xalqa” ko’rinishida tutildi.
Bahrayn uzra quyosh tutilishi.
Indoneziyadagi Banda Acheh shahrida Quyosh tutilishini kuzatayotgan qizaloq.
Sof.uz