Tabiat turli xil ajablanarli hollarga juda boy. Bunga isbot tariqasida, Angliyalik 18 yoshli opa-singillar voqeasini keltirishimiz mumkin. Lyusi va Mariya Eylmer bizning egizaklar qanday bo’lishi kerakligi haqidagi tasavvurimizni yoppasiga o’zgartirdi. Biz adashmayapmiz, hazil ham qilmayapmiz – bu go’zal, lekin umuman har xil qizlar chinakamiga egizaklar! Tasavvur qiling, ularning ota-onasi qanchalik hayratlanganliklarini…
Tanishing, Lyusi va Mariya – xar hil irqga mansub opa-singil egizaklar
Ishonasizmi yo’qmi, ular tashqi ko’rinishidan deyarli bironta o’xshash tomoni bo’lmagan, biologik egizaklardir.
“Bizning egizak ekanligimizga hech kim va hech qachon ishonmaydi, chunki ko’pchilik egizaklar bir-biriga ikki tomchi suvdek o’xshash bo’ladi. Biz harakat qilganimizda, bir-birimizga o’xshash bo’lardik. Bizning ota-onamiz haqiqatdan ham bir xil va biz bir xil vaqtda tug’ilganmiz.”
Ularning ota-onasi rostdan ham bir, ammo tashqi ko’rinishi umuman xar hil
Mariyaning terisi qoracharoq, sochlari qora va ko’zlari ham tim qora bo’lsa, Lyusining esa terisi oq, ko’zlari ko’k va sochlari sarg’ish.
Bunday holat ularning ota-onasi irqlari qo’shilishi natijasida sodir bo’ldi.
Qizlarning onasining ismi Donna va u yamaykalik ildizlarga ega, otasining ismi esa Vins va u o’zini yevropaliklarga mansub deb biladi.
Yana ikki aka va bir opali bo’la turib, besh bola ichida Mariya va Lyusi eng qora va eng oq qizlardir
Bizning akalarimiz va opamizning teri ranglari, mening va Mariyaning teri rangi orasidagi ranglardir. Biz xuddiki spektrning har xil uchlarida turgandek”, – deydi Lyusi.
Chapdan o’ngga: Mariya (18), Jorj (23), Chinna (22), Donna (onasi), Jordan (21), Lyusi (18)
“Teri rangidek narsani tug’ilishdan oldin aniqlash qiyin, shuning uchun onam bizning qay darajada har xil bo’lishimizni tasavvur ham qilmasdi”, – deydi Lyusi.