Yaponiyaning Oyni o‘rganish bo‘yicha ispace kompaniyasi va Magna Petra geologiya-qidiruv firmasi Yer yo‘ldoshidagi resurslarni qazib olish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib oldi. Bu haqda “ispace” xabar berdi.
Magna Petra bilan qo‘shma bayonotda aytilishicha, Oy regolitidan geliy-3 (He-3) izotopi geliyning “tijoriy miqdorlarini” ajratib olish va uni Yerga qaytarish rejalashtirilmoqda. U elementar zarrachalarni, materiyaning fizik xossalarini va fazodagi jarayonlarni o‘rganish uchun zarrachalar detektorlari va yadro reaksiyalarida ishchi gaz sifatida ishlatilishi mumkin.
Agar hammasi reja bo‘yicha bo‘lsa, ispace’ning Resilience moduli Tenacious mikroroverini Oy yuzasiga olib chiqib, oy landshaftini burg‘ilash va regolit namunalarini yig‘ish ishlarini olib boradi. Ushbu ishlar 2025 yilga rejalashtirilgan.
Magna Petra’ning ta’kidlashicha, bunday texnologiya kompaniyaga tezda katta hajmdagi geliy-3 ni olish va Yerga yetkazish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSHning AstroForge startapi tomonidan moliyalashtirilgan tadqiqotda asteroidlardan qanday metallarni qazib olish mumkinligi va ularning haqiqiy qiymati aniqlangandi.