Avvalroq yangi dizayndagi 50 000 so’mlik va 100 000 so’mlik banknotlar muomalaga chiqarilgani haqida xabar berilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlarda 50 000 so’mlik banknot namunasining old tomonida «Al-Hakim at-Termiziy» maqbarasi tasviri tushirilganligi, ammo maqbara nomi «Abu Iso at-Termiziy» deb xato yozilgani keng muhokamalarga sabab bo’ldi.
Markaziy bank Matbuot xizmatining izoh berishicha, mutaxassislar bilan qayta o’rganish natijasida haqiqatdan ham namunadagi tasvir va uning nomlanishida texnik xatolik mavjudligi ma’lum bo’lgan.
Shu sababli yangi dizayndagi 50 000 so’mlik banknotlar muomalaga chiqarilishidan oldin uning namunasida aniqlangan texnik xatolik bartaraf etiladi hamda maqbaraning nomi to’g’ri qayd etiladi.
Izohlarni ko`rish