Hande Erchel va Aycha Ayshin Turonning qaysi biri go'zal va iste'dodliroq ekanini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazildi

Istanbul ko’chalarida ikki aktrisa haqida so’rovnoma o’tkazildi.
Nafaqat Turkiyada, balki jahonda ham ko’plab muxlislariga ega aktrisalar Hande Erchel va Aycha Ayshin Turon o’rtasida hamisha raqobat bo’lgan. Aktrisalarning qaysi biri iste’dodda ustun, qaysi biri esa go’zallik bobida, shuni aniqlash maqsadida ular haqida so’rovnoma o’tkazildi.

San’at olami bilan bog’liq yangiliklar turk xalqini doim qiziqtirib kelgan. Mashhur aktyorlar va aktrisalarning reytingi esa ular uchun ahamiyatga ega masalalardan biri hisoblanadi. Turkiyaning dunyoga mashhur ikki aktrisasi Hande Erchel va Aycha Ayshin Turon haqida o’tkazilgan navbatdagi so’rovnoma Istanbul ko’chalarida bo’lib o’tdi. Natijalariga ko’ra, aktrisa Hande Erchel go’zallik bobida, Aycha Aysha Turon esa iste’dod borasida g’olib bo’ldi. So’rovnoma ishtirokchilari Ayshin Turon Hande Ercheldan yaxshi rol ijro etishini aytgan.

Hande Erchel

Hande Erchel va Aycha Ayshin Turonning qaysi biri go'zal va iste'dodliroq ekanini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazildi

Ma’lumot uchun, Hande Erchel «Gunesh qizlari» serialida bosh rollardan birini ijro etgan. Akrisa shu vaqtga qadar 30 ga yaqin kinofilm va seriallarda rol ijro etgan. Hande Erchel ijrosidagi «Gunesh qizlari», «Halqa», «Malikam, endi qara» seriallari uning muxlislari tomonidan sevib tomosha qilinadi.

Aycha Ayshin Turon

Hande Erchel va Aycha Ayshin Turonning qaysi biri go'zal va iste'dodliroq ekanini aniqlash maqsadida so'rovnoma o'tkazildi

Aktrisa Aycha Ayshin Turon Turkiyaning kinoaktrisalarga beriladigan bir qancha mukofotlarini olgan. Uning ishtirokidagi «Sevimli va qo’rqinchli», «Himoyachi», «Qora gul», «Tingla, sevgilim» filmlari ko’plab muxlislarining qalbidan joy egallagan.