Burak O'zchivit PUBG o'yinining qahramoniga aylanadi

«Sevgi iztirobi» seriali yulduzi Burak O’zchivit PUBG Mobile o’yinining Turkiyadagi taqdimotida ishtirok etib, muxlislarni u bilan birga qiziqarli virtual sarguzashtda ishtirok etishga chorladi.

Burak O'zchivit PUBG o'yinining qahramoniga aylanadi
Ma’lum bo’lishicha, foydalanuvchilar Burak O’zchivitni PUBG Mobile’da turk qahramoni Go’kberu Xon obrazida ko’rishi mumkin bo’ladi. Ushbu yangilik Turkiya yoshlari orasida shov-shuv keltirib chiqargan, tahlilchilarning kuzatuviga ko’ra aktyorning reytingi deyarli 30 foizga ko’tarilgan.

Ko’pchilik aktyorning ushbu qarori uning muxlislari qatoridan ko’proq yoshlar o’rin olishiga hissa qo’shadi deb hisoblamoqda. Shu bilan birga, o’yinga qarshi bo’lgan boshqa foydalanuvchilar virtual reallikni reklama qilish yaxshi emasligini yozib qoldirgan. Salbiy fikrlar asosan, asosiy vaqtini internetda o’tkazadigan o’smirlarning onalari tomonidan bildirilgan. Avvalroq, Burak O’zchivit hamkasblarini haqorat qilgani uchun 4 yilga qamalishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.