«Yandex» kompaniyasi O’zbekistonda blok qilinishi mumkinligi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.
«Yandex.Go O’zbekistonda odatdagidek ishlamoqda va shunday davom etadi. Biz Soliq qo’mitasi bilan mahalliylashtirish mavzusida muloqot olib boryapmiz va bozor amaliyoti ustida hamkorlikda ishlayapmiz.
Taksi onlayn buyurtma berish xizmatlarida fiskal tushumlar bozor uchun ko’p mehnat talab qiladigan jarayondir. Biz mamlakatda Davlat soliq qo’mitasi bilan bu borada hamkorlikni boshlagan birinchi platformamiz», deyiladi munosabatda.
Izohlarni ko`rish