O'zbekiston Osiyo o'yinlaridagi rekordini yangiladi

O’zbekiston sport delegatsiyasi Xanchjoudagi Osiyo o’yinlarida 71-medalni qo’lga kiritdi.

Bugungi kunga kelib, O’zbekiston delegatsiyasi hisobida 22 ta oltin, 18 ta kumush va 31 ta bronza medali bor.

Ushbu natija orqali O’zbekiston Osiyo o’yinlarida o’z rekordini yangilashdi.

Bungacha eng yaxshi natijani 2018 yilgi Osiyo o’yinlarida qayd etgandik. O’shanda delegatsiyamiz 20 ta oltin, 24 ta kumush va 25 ta bronza medalini qo’lga kiritgandi (69 ta medal).

Xanchjoudagi o’yinlarda esa O’zbekiston medallar soni bo’yicha ham, sifati bo’yicha ham o’z rekordini yangiladi.