1.Odam o’lgach, uch kundan keyin tanasi chirish pallasiga kiradi.
Aytishlaricha, Avraam Linkoln olamdan o’tgach, jasadini 17 marta qayta-qayta dafn etishgan ekan.
Odam o’lgandan keyin boshi 20 soniyagacha yashab qoladi.
1907 yili doktor Dunkan Makdugalo odamning o’lmasdan va o’limdan keyingi vaznini aniqlash bo’yicha tadqiqot o’tkazgan. Ma’lum bo’lganki, odam olamdan o’tgach, vazn tashlarkan.
Olimlarning ta’kidlashicha, semiz odam o’lgandan so’ng tanasi sovunga aylanarkan.
Agar olimlarning izlanish natijalariga e’tibor qaratsak, tiriklay ko’mib tashlangan odam hech kim qutqarib qolmasa, oradan 5,5 soat vaqt o’tgachgina rosmana o’lim toparkan.
Bola klinik o’lim holatiga tushsa, faqat go’zal va jozibali manzaralarga guvoh bo’larkan.
Madagaskarda odam dafn etilgach, qarindoshlari jasadni yana qayta qabrdan chiqarib olishadi. Gap shundaki, ularda “Famadixon” deb atalgan marosim bor. Marosim davomida ular marhumning jasadi bilan maxsus raqs ijro etadi.
Odam o’lgach, uning quloqlari oxirgi o’rinda ishlashni bas qiladi. Demak, marhum ma’lum vaqt atrofdan taralayotgan tovushlarni eshitib turadi.
Osiyoning janubi-sharqiy qismida hanuz shunday mo’miyolangan jasadlar borki, ularning tirnoq va sochlari o’sishda davom etmoqda.
Juda ko’p xalqlarda yaqin kishisi o’lim topgandan keyin uning ismini tilga olish taqiqlanadi.
Odam o’lgach, miyasida yig’ilgan axborotlar saqlanib qoladi.
Fransiyada shunday qonun bor. Qonunga ko’ra, agar ayol yoki erkak istasa, o’zi tanlagan marhum yo marhuma bilan rasman turmush qurishi mumkin.
Norvegiyaning Longyir deb atalgan shahrida g’alati odat bor. Bu shaharda odamning o’lishi taqiqlanadi. Agar aynan shu shaharda o’lib qolsa, jasadini dafn etishmaydi.
Janubiy Koreyada bir afsona bor. Afsonada aytilishicha, odam qorong’i xonada ventilyator yoqib uxlasa, albatta o’lib qolarkan.
O’limdan keyin kattalar o’zlarini bola qiyofasida, bolalar esa aksincha kattalar qiyofasida ko’rarkan.
O’limidan keyin odam organizmida gazlarning o’ta kuchli bosimi yuzaga keladi.
O’limdan so’ng yerga faqat johil bo’lmagan, beziyon, mehribon ruhlargina qaytishi mumkin ekan.
Joniga qasd qilganlar o’zini o’ldirdi-yu, tamom, barcha qayg’u va yomonliklardan qutuldim deb o’ylashadi. Ammo ular boqiy dunyoda bu gunohi uchun abadiy jazo toparkan.
Odam tirikligida yaxshi bo’lsa, birovni ranjitmasa, birovning haqiga xiyonat qilmasa, boshqalarga nisbatan ko’proq yerga tashrif buyurish uchun izn berilarkan.
Astag’firillo!!!
Olimjon HAYIT
Post Views: 314