KUN KULGISI!!!

***

Uchib ketayotgan samolyot kutilmaganda teskari  o’girilib qoldi. Styuardessa vahimaga tushib qolgan yo’lovchilarni tinchlantirayapti:

— Xavotir olmanglar! Hozir uchuvchimiz burniga dori tomizib olsin, samolyot joyiga qaytadi!

***

Uyga kayfiyati buzilib qaytgan xotinidan er so’radi:

— Nima bo’ldi? Kim xafa qildi?

— E, tug’ilgan kuningizga sovg’a olay deb do’kon aylangandim. Nuqul 8 martga to’g’ri keladigan sovg’alar uchrayveradi!..

***

Er xotiniga mashina haydashni o’rgatayapti:

— Svetoforning qizil chirog’i yonganda to’xtaysan, yashili yonsa, yurasan!.. Vey, bunaqa paytda mening qo’rquvdan oqarib ketgan rangimga e’tibor qilib o’tirma!

***

E’lon:

— Er bir soatga sotiladi. U dazmolingizni tuzata oladi, pardalarni osib beradi, har qanday qulfni buza oladi, basharangizni ko’kartirib, maoshini ichib qo’yib, qo’shni ayolnikida tunashga ham usta!

***

Agar ayol siz haqingizda qanday fikrda ekanini bilgingiz kelsa, o’sha ayolga uylaning! Juda tez orada o’zingiz haqida ko’p narsa bilib olasiz.

***

Xotinim axlat to’kib kelishni tez-tez esidan chiqarib turadi. Esiga tushdi deguncha, axlat tashiydigan mashinaning ketidan chopib baqiradi:

— Hoy, kechikibman! Axlatning hammasini yuklab ketib bo’ldilaringmi? Voy Xudoyim!..

Shunda unga haydovchi shunday deydi:

—Hali hammasini yuklab ulgurmadik! Chiqa qoling!

***

Bir xorijlik erkak qahvaxonaga kirsa, qog’ozga yozib qo’yishibdi:

Qo’y go’shtidan kabob.

2.Qo’y go’shtidan o’zbekcha kabob.

Erkak oshpazdan so’radi:

— Qo’y go’shtidan o’zbekcha kabob deganini qanday tushunsa bo’ladi?

— Bu kabob do’ppiga solib pishiriladi.

***

Ikkinchi jahon urushi. Sovet samolyotlari Berlin ustiga ayovsiz, lekin ehtiyotkorlik bilan bombalar yog’dirishardi. Chunki, har bir uchuvchi pastda Shtirlis borligini yaxshi bilardi.

***

— O’g’lim bilib qo’y! Olmaning ikki bo’lagi tez-tez Zags bo’limida emas, aksincha kompot ichida uchrashishadi.

***

Muallima o’quvchilardan ulg’aygach, kim bo’lishlarini so’radi.

— Men kosmonavt bo’laman.

— Men vrach bo’laman.

Shunda Toshmat o’rnidan turib dedi:

— Men Qorbobo bo’laman.

— Ie, nega?

— Bir haftagina ko’rinib qo’yasan-da, bir yil bo’shsan.

***

Qimorxonadan bir erkak tashqariga chopib chiqdi-da, serqatnov yo’lni kesib o’ta boshlagandi, militsioner hushtagini chalib qichqirdi:

— Zudlik bilan orqangizga qayting!

— Ilojim yo’q! Men hamma pullarimni yutqazib bo’ldim.