KUN KULGISI !!!

* * *

Maktabda bezorilik qilib nom qozongan bola ulkan daraxt ro’parasiga keldi-da, dedi:

— Hozir bir urib buyragingni tushirib qo’yaymi?!.

* * *

Bolakayni dadasi tug’ruqxonaga chaqaloq ukasini ko’rsatish uchun olib keldi. Bolakay chaqaloq yo’rgagiga ilingan qog’ozchani ko’rdi-yu, qichqirdi:

— Dada, qarang, rostdanam ukam yangi ekan! Hali etiketkasiniyam yechishmabdi!

* * *

XXII asr. Do’konga onasi hamrohligida kirib kelgan olti yashar bola dedi:

— Oyi, agar manavi shokoladni olib bermasangiz, sizni hammaning oldida «buvi» deb chaqira boshlayman!

* * *

Gruziya armiyasi. Starshina askardan so’radi:

— Oddiy askar Givishvili, nega menga salom bermadingiz?

— Uxlab qolibman, shekilli.

— Ha, mayli, men bo’lsam hurmat qilmaysizmi, deb o’ylabman.

* * *

Do’konda.

— Kechirasiz, bizda qaytim yo’q edi. Shu qaytim o’rniga beshta Mikki Mausli saqich ola qoling!

— Ie, men sizga yosh bolamidim? Menga Terminatorlisidan bering!

* * *

Bozorchi ayol qo’shni peshtaxtadagi boshqa bir bozorchi ayoldan so’radi:

— Opovsi, baliqlarni necha puldan olganingizni ayta olmaysizmi?

— Voy, nega aytmas ekanman-a? Nega aytmas ekanman? Axir, biz siz bilan urishib qolganimiz yo’q-ku!

* * *

Er xotiniga dedi:

— Sen sadaqa bergan o’sha gadoy o’zini so’qirlikka solgani yo’q. Rostdan ham ko’zlari ko’rmaydi.

— Qaerdan bila qoldingiz?

— Sadaqa berganingda: «Rahmat, sohibjamol!» dedi-ku!

* * *

Xotin erini baliq oviga kuzatayotib dedi:

Agar laqqa qimmat bo’lsa, sazan ham olavering!

* * *

Olisga qatnaydigan yuk mashinasi haydouvchisi yo’l-yo’lakay bir qahvaxonaga kirib tovuq go’shti sotib oldi. Ammo qo’l yuvish uchun chiqqanda, qo’shni stolda o’tirgan uch bezori tovuq go’shtini yeb qo’ydi. Haydovchi hech narsa bo’lmagandek, go’shtning pulini to’ladi-da, chiqib ketdi. Birozdan so’ng bezorilardan biri sotuvchiga dedi:

— Bu yigit juda qo’rqoqqa o’xshaydi. O’zini himoya qila olmasligi aniq. Ko’rinib turibdi.

Sotuvchi:

— Ha, mashina haydashniyam bilmas ekan. Hozirgina yo’l chetida turgan uchta mototsiklni majaqlab o’tib ketdi.

* * *

Poezd kupesiga to’rt bolasi bilan birga ayol kirib o’tirdi. Bolalar to’polon qilishni boshlab yuborishdi. Jahli chiqqan yo’lovchilardan biri ayolga dedi:

— Biror yerga ketayotgan ayol bolalarining hech bo’lmasa yarmisini uyda qoldirib ketishi kerak.

— Men ham xuddi siz aytganday qilganman.

* * *

— Nega buncha qovog’ingni osiltirib olibsan? Biror narsa bo’ldimi?

— Kecha dollar sotib olgandim, pulim qolmadi.