XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

XITOY HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Xitoydagi boyvachchalar zarurat tug’ilsa, qiyofadoshini topadi-da, katta pul evaziga o’zining o’rniga turmada jazo muddatini o’tash uchun yollaydi.

2. Xitoyda ingliz tilida gaplashuvchilar soni Amerikadagiga nisbatan bir necha barobar ko’proq ekan.

3. Hojatxona qog’ozi dunyoda birinchi bo’lib Xitoyda 1300 yili paydo bo’lgan.

4. Oq rang Xitoyda motam rangi hisoblanadi. Qizil rang esa aksincha bayram ramzi deya qabul qilingan.

5. Xitoy er-xotinlarning ajrashishi bo’yicha dunyoda oxirgi o’rinni egallaydi. Ya’ni, bu mamlakatda er-xotinlar deyarli ajrashmaydi.

6. Xitoyda mahsulot sotib olish uchun navbat deganning o’zi yo’q.

7. Xitoyliklar negadir hayvonlarning jigari va buyragini yeyishmaydi. Ammo mushuk yeyish bo’yicha birinchi o’rinda turishadi. Astag’firillo!!!

8. Xitoyda mehnat ta’tili barcha uchun bir xil vaqt — Yangi yil bayrami arafasida boshlanadi.

 

QADIMIY XITOY HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Qadimiy Xitoyda futbol 1000 yillardayoq mavjud edi.

2. Qadimiy xitoyliklarning eng sevimli taomi qo’ziqorin bo’lgan.

3. Qadimiy Xitoyda ajdaho faxr va g’urur ramzi bo’lgan.

4. Qadimiy Xitoy aholisi ko’zgu barchani balolardan asraydi deb hisoblagan.

5. Osma ko’priklar va qog’oz ham qadimiy Xitoy aholisi tarafidan ixtiro qilingan.

6. Qadimiy Xitoyda ipak o’g’risi o’limga mahkum etilgan.

7. Kompaslar ham o’sha qadimiy xitoyliklarning ixtirosi hisoblanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi

 

XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…XOH IShONING, XOH IShONMANG…