TUN KULGISI…

 

 

* * *

 

— Sudlanuvchi, siz ozodsiz!

— Nega?

— Bankni o’g’irlaganlik jinoyatingiz isbotlanmadi.

— Unda pullarni o’zimda qoldiraveraymi?

 

* * *

 

Gruzin qizga dedi:

— Bugun kechqurun menikiga keling! Uyda hech kim bo’lmaydi.

Qiz kechqurun unikiga keldi. Haqiqatan uyda hech kim yo’q ekan.

 

* * *

 

Maktabda dars ketyapti. Eshmatvoy sekin eshikni ochib kirishga ruxsat so’radi.

— Kirsam maylimi?

— Nega kech qolding?

— Yechinadigan xonada kartoshka qovurdim.

— Ie, mayli, kiraqol!

Birozdan so’ng eshik ochilib bir qizcha kirishga ruxsat so’radi:

— Kirsam maylimi?

— Ha, Kartoshkayeva, sen qaerda eding?

 

* * *

 

General anhor ko’prigidan o’tib ketayotsa, xizmatdan vaqtincha qochib ko’chaga chiqqan askarga duch keldi. Askar negadir unga salom bermay o’tdi.

— To’xta, nega generalga salom bermading?

— Harbir nizomning 147 bandida ko’prik ustida salomlashish taqiqlab qo’yilgan.

General hayron bo’lib uyiga keldi-da, nizomni ochib o’sha bandni o’qidi. U yerda quyidagi so’zlar yozilgandi:

«Askar topqir va jasur bo’lishi kerak».

 

* * *

 

— Sen ko’proq nimadan qo’rqasan?

— Tish do’xtiridan va qorong’ilikdan.

— Tish do’xtiri tushunarli. Qorong’idan nimaga qo’rqasan?

— Ie, qorong’ilikda ko’-o’p tish do’xtirlari berkinib turgan bo’lishi mumkin-da!

 

* * *

 

Boshliq xodimdan so’radi:

— Nega ishga ikki soat kech kelyapsiz?

— Uydan kech chiqqandim.

— Ertaroq chiqsangiz bo’lardi-ku!

— Ertaroq chiqishga allaqachon kech bo’lgandi.

 

* * *

 

— Dugonajon, qo’shnimiz Rayhon turk gilami sotib olibdi.

— Nima bo’pti?

— Endi hammani uyga poyafzalni yechib kirishga majbur qilyapti.

— To’g’ri, har qalay, gilam turklarniki-da!

— Ha, lekin o’sha gilam devorda osilib turibdi-ku!

 

* * *

 

Samolyot qo’ndi. Salondan shimi tushib ketgan chukcha chiqib kelardi. Styuardessa uni urisha ketdi.

— Uyat emasmi? Shimingiz tushib ketibdi.

— To’g’ri, sizlarni sira tushunib bo’lmaydi. Goh kamarni taqing deysiz, goh yeching deysiz… Oxirgi marta kamarni yeching degandingiz!

 

* * *

 

Qora tanli ayol bolasini ko’tarib avtobusga chiqdi. Haydovchi uni ko’rib dedi:

— Sizning bolangizday xunuk bolani umrimda ko’rmaganman.

Ayol xafa bo’lib yonida o’tirgan odamga arz qila ketdi.

— Qarang, bolamni haqorat qilyapti anavi haydovchi!

— Boring, shu gapi uchun o’ch oling haydovchidan! Ungacha men maymuningizni ushlab turaman.

 

* * *

 

Erkak tog’da adashib qoldi. Hammayoq oppoq qor. Uy degani ko’rinmaydi. Shunda uzoqda kulrang uycha ko’rindi. Erkak yugurib borib eshikni taqillata boshladi.

— Kim bor?

Ichkaridan bola ovozi keldi:

— Men borman.

— Onang-chi?

— Yo’q, chiqib ketdi.

— Qachon chiqib ketdi?

— Men kelganimdan keyin.

— Sen qachon kelding?

— Onam kelganidan keyin.

— Onang qachon keldi?

— Dadam ketgandan keyin.

— Menga qara, uylaringda hech odam bo’ladimi o’zi?

— Amaki, bu uy emas, hojatxona.

 

TUN KULGISI…TUN KULGISI…TUN KULGISI…