BIOLOGIYaDAN QIZIQARLI FAKTLAR
1. Begemotlar farzandini suv ostida dunyoga keltiradi.
2. Tuya o’rkachli bo’lishiga qaramay, umurtqa pog’onasi to’g’ri shakllangan.
3. Timsoh hech qachon tilini tashqariga chiqarmaydi.
4. Chumolining miyasi o’z hajmiga nisbatan ikki barobar kattaroq.
5. Odam miyasida 100 000 ga yaqin kimyoviy reaksiyalar sodir bo’ladi.
6. Odamning tili eng baquvvat mushak hisoblanadi.
7. Bambuk yovvoyi tabiatda eng baland bo’yli daraxt sanaladi. Uning bo’yi 30 metrgacha yetadi.
8. Odam skeleti 200 tadan ko’proq suyaklarga ega.
9. Bugungi kunda dunyo bo’yicha 10 000 dan ziyod zaharli o’simliklar bor.
10. Yer yuzida shunday ajabtovur qo’ziqorin borki, u tovuq ta’mini beradi.
11. Antarktidada baliqning alohida turi mavjud. Bu baliqning tomirlarida rangsiz qon oqadi.
12. Amerika olimlarining aniqlashicha, kofe inson miyasini ziyonlanishdan asrarkan.
Olimjon HAYIT tayyorladi