* * *
Ikki akula uchrashib qolishdi. Biri ikkinchisiga dedi:
— Men O’rta yer dengizida bo’lib qaytdim. U yerda yangi boylar dam olisharkan. Oh, shunaqangi semiz… Maza qildim ularni yeb!
— Men bo’lsam, Qora dengizda bo’ldim.
— E, u yerda faqat piyonistalar suzib yurishadi. Ozg’in, suyakdan bo’lak hech vaqosi yo’q.
— Gaping to’g’ri. Lekin jigariga gap yo’q-da!
* * *
Erkak folbinning yoniga keldi.
Folbin:
— Ertaga xotiningiz olamdan o’tadi.
Erkak:
— Buni bilaman. Siz meni tutib olishadimi-yo’qmi, shuni ayting!
* * *
— Ishonasanmi, kecha shaxsan Kasparov bilan oshxonada bir stol atrofida o’tirdim.
— Nima bo’pti?
— E, tuzni uzatib yuboring desam, naq qirq besh daqiqa kuttirdi.
* * *
Er ishdan kelsa, karavotda begona erkak o’tiribdi. Shkafni ochgandi, u yerda xotini o’tirgan ekan. U ovozining boricha baqirdi:
— Vey, xomkalla! Shkafda erkak kishi o’tirishi kerak, erkak kishi!!!
* * *
Er ishdan kelgach, xotini uni jilmayib kutib oldi.
— Keldingizmi, o’zimning Supermenim? Yuring, qorningizni to’yg’azib qo’yay, mening supermenim!..
— Vey, qachondan beri meni supermen deb ataydigan bo’lding-a?
— Chunki, faqat supermenlargina shimining ustidan ichki kiyim kiyishadi.
* * *
Bir ayol dugonasiga maqtandi:
— Biz erim bilan fransuzlardek yashayapmiz. U boshqa xonada, men boshqa xonada uxlayapmiz. Men kerak bo’lsam, u qo’ng’iroqchani chaladi.
— Sen eshitmay qolishing mumkin-ku!
— Voy, men eshik oldida qulog’imni ding qilib turaman.
* * *
Nobel mukofoti sovrindoridan jurnalist so’radi:
— Siz qanday yangilik yaratdingiz fanda?
— E, xotinim har kuni qorong’i tushishi bilan bosh og’rig’idan shikoyat qilib chiqardi. Shu masala ustida uzoq vaqt bosh qotirdim, izlandim. Oxiri topdim.
— Yangicha superanalgin o’ylab topdingizmi?
— Yo’q, qo’shni ayolning eshigi har kuni kechasi ochiq qolishini bilib qoldim.
* * *
Ikki yigit qiznikiga mehmonga keldi. Yigitlardan biri so’radi:
— Sizda ichkarida kiyib turishga shippak bormi?
— Ha, marhamat!
Qiz ikkinchi yigitning indamay o’tirganini ko’rib hayron bo’ldi.
— Sizga shippak kerak emasmi?
Uning o’rniga sherigi javob berdi:
— Qo’yavering, do’stimning paypog’i hali yirtilmagan.
* * *
Hamshira bemorga dedi:
— Televizor ko’rishni bas qiling! Qani, karavotga yoting-chi!
— Bizni ko’rib qolishmaydimi?
* * *
Ximkombinat atrofida yashaydigan bolalar Mendeleev jadvalini boshqa bolalarga nisbatan tezroq o’rganisharkan. Qonida bor-da!..