* * *
Reklamadan:
— Hurmatli hamshaharlar! Sizlarga «Joyingiz jannatda bo’lsin!» firmasining beminnat xizmatlarini taklif qilamiz! Firmamiz yaqinlaringizning dafn marosimlarini ko’ngildagidek tashkil etish majburiyatini o’z zimmasiga oladi. Firmamiz xizmatlari rang-barang. Sizning o’rningizga dod solib yig’lovchilar, qabrga bir siqim tuproq tashlab beruvchilar, ko’ngil so’raganlarga tavoze bilan javob qaytaruvchilar, murdadan qo’rquvchilar o’rniga jasadni qabrga qo’yib chiquvchilar xizmatingizda bo’ladi. Nogironlar, talabalar, ko’p bolalilar, infarkt, insultga uchraganlar uchun chegirmalar mavjud! Firmamiz xizmatidan foydalaning!
* * *
«NOGIRONLAR DO’KONI» EShIGI TEPASIDAGI YoZUVDAN:
«BIZGA MIJOZ BO’LING!»
* * *
Foydali maslahatlar:
— Olisdan kelib shahrimizda tunash uchun joy qidiryapsizmi? «Dam olamiz. uz» saytiga kiring, mushkulingiz oson bo’ladi.
— Shaxsiy avtomobilingizda olisdan kelib gaz zapravkasini topa olmayotgan bo’lsangiz, «Gazballon. uz» saytiga murojaat eting.
— Qorni och, ammo yaxshi taom pishiradigan joy topa olmaganlar uchun «Somsamisan-somsa. uz» sayti beminnat xizmat ko’rsatadi.
— Shahrimizda arzirli avtosalon qidirayotganlar, o’ziga yoqqan rangdagi mashinani sotib olish niyatida yurganlar uchun «Oqidan bor. uz» saytiga mo’ralab qo’yishni maslahat beramiz.
— Aeroportga tez yetib olishni xohlaysizmi? Vaqtingiz ziqmi? Zudlik bilan «Poletim. uz» saytiga kiring.
Parvozingiz bexatar bo’lsin!
Olimjon HAYIT tayyorladi