Egasining ortidan yuradigan robot – chamadon!

Motorollerlar ishlab chiqaruvchi Italiyaning “Vespa” komapaniyasi antiqa chamadon taqdimotiga tayyorlanmoqda. Ikkita g’ildirakda harakatlanuvchi va o’z muvozanatini saqlash bo’yicha dasturiy ta’minot bilan jihozlangan robot-chamadonga kompaniya “Gita” deb nom bergan.
Egasi qaerga borsa, ortidan qolmay harakatlanadigan ushbu “hamroh” joriy yilning 18 noyabr kuni sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan. Shunday chamadon egasi bo’lishni istagan xaridorlar 3250 dollardan voz kechishiga to’g’ri keladi.
Katta hajmda bo’lmagan buyumlarni joylash mumkin bo’lgan chamadon 18 kg.gacha yuk ko’tara oladi va xo’jasi ortidan soatiga maksimal 10 km. tezlik bilan harakatlanishga qodir.