XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

BOYQUSh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Boyqushning hamma turi ham faqat tunda ov qilmaydi. Ba’zilari kunduzgi hayot tarzini kechiradi.

2. Boyqushning poloponlari ko’r holatda va oppoq pat bilan dunyoga keladi.

3. Boyqush odamlarning ko’ziga ko’rinmaydi. Hamisha uning tovushinigina eshitamiz xolos.

4. Boyqush tug’ma yirtqichlar sirasiga kiradi. U yirik hayvonlarni ham osonlik bilan o’ldirib, qornini to’ydiradi.

5. Ammo boyqushning ayrim turlari faqat qushlar bilan oziqlanadi.

6. U bo’ynini 270 darajagacha bura oladi.

7. Boyqush deyarli tovush chiqarmasdan uchadi.

8. Umri davomida boyqush bir marta oila quradi va o’la o’lguncha faqat o’sha jufti bilan yashaydi.

9. Ovdan so’ng o’ljasini boshqa yirtqichlardan himoyalash niyatida iniga ilonni keltirib qo’yadi.

10. Boyqushning sevimli taomi tipratikonlar hisoblanadi. U tipratikonning ignalarini o’z tirnoqlari bilan erinmay tozalab chiqadi.

11. “Filin” deb nomlangan boyqush turi yovvoyi cho’chqa va burgut ovlab kun ko’radi.

12. Boyqush uzoq masofani yaxshi ko’radi, yaqindagi borliqni yaxshi ko’ra olmaydi.

13. Deyarli barcha xalqlarda boyqush baxtsizlik keltiruvchi qush sifatida tan olingan.

14. Boyqush uchganda, tezligi soatiga 80 kilometrgacha yetadi.

15. Boyqush yovvoyi hayotda uzog’i bilan o’n yil umr ko’radi. Qafasda saqlansa, qirq yilgacha yashashi mumkin.

16. Boyqush yomg’irni sevadi. Chunki u yomg’irda qanotlarini yuvib tozalaydi.

17. Boyqushning urg’ochisi erkagiga nisbatan birmuncha tajovuzkor bo’ladi.

18. Yaponiyada restoran bor. U yerda mijozlar boyqushlarni tomosha qilgan holda ovqatlanish imkoniga ega.

19. Boyqush o’lsa ham faqat ochlikdan o’lishi mumkin.

20. Poloponlar tug’ilgach, ularni erkak va urg’ochi baravar yemish topib boqadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi