XOH IShONMANG, XOH IShONMANG…

 

 

BURGUT HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Ilgari olimlar burgutlarni jami 60 ta turga ajratishgandi. Lekin vaqt o’tishi bilan ularning fikri o’zgardi. O’tkazilgan tadqiqotlar va DNK tahlillaridan so’ng burgutlar 16 ta turga bo’lindi.

2. Samodagi burgutga qarasangiz, xuddi sekin uchayotganga o’xshaydi. Aslida unday emas. U juda balandda bo’lgani sababli bizga shunday tuyuladi. Aslida burgut soatiga 200 kilometr tezlikda uchadi. Agar o’ljasiga ko’zi tushsa, tezligi soatiga 350 kilometrgacha yetadi.

3. Burgutlarning hayot tarzi oddiy. Uch yoki to’rt yosh burgutlar birgalikda jiddiy sayohat tashkil etadi. Birgalikda yuzlab kilometrlarni bosib o’tishadi. O’zlariga yoqqan joyni topishsa, o’sha yerda to’xtab oila qurishadi.

4. Burgutning erkagi urg’ochisini munosib himoya qiladi. Unga boshqa erkak burgutlar yaqinlashishiga sira yo’l qo’ymaydi. Urg’ochisi erkagiga nisbatan yirik bo’ladi. Agar erkak burgut misol sifatida keltirganda, 5 kilo vaznga ega bo’lsa, urg’ochining vazni 7 kilogrammni tashkil etadi.

5. Burgut qanotlarini yoyganda, ularning kengligi 2 metrgacha yetadi.

6. Janubiy va Janubi-sharqiy Osiyoda burgutning «tuxumxo’r» degan turi bor. Bunday deb atalishiga asosiy sabab shuki, u go’sht o’rniga boshqa qushlarning tuxumlarini o’g’irlab yeb kun ko’radi.

7. Burgutlarning ini juda keng bo’ladi. In hajmi 1 metrdan 2, 5 metrgacha yetadi.

8. Gollandiya politsiyasining alohida bo’linmasi mavjud edi. Ular qurol o’rniga burgut olib yurishgan. Bu burgutlar jinoyatchini tutishda katta yordam bergan.

9. Burgut och qolsa duch kelgan narsani yeyishi mumkin. Ammo hech qachon o’laksa bilan qorin to’ydirmaydi.

Olimjon HAYIT tayyorladi