XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

SOCh HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Tirik soch deb terining ostidagi ildiziga aytiladi. Tepadagilari esa o’lik soch deb yuritiladi.

2. Odamning boshida o’rtacha 90 000 dan 150 000 tagacha soch tolasi mavjud bo’ladi. Bosh chanog’ining har bir kvadrat santimetrida 200 tadan 460 tagacha soch bor.

3. Mallalarning sochi boshqa rangli soch egalariga nisbatan qalinroq va son jihatidan ham ko’proq ekan.

4. Sud-tibbiy ekspertizada asosan odamning sochiga qarab sodir etilgan jinoyat aniqlanadi. Umuman, sochga qarab odam haqidagi ko’plab ma’lumotlarni aniqlasa bo’ladi.

5. Soch hali tug’ilmagan chaqaloq besh oylikka yetgach, paydo bo’ladi.

6. Ho’l sochlar qurug’iga qaraganda vazn jihatidan og’irroq va uzayish imkoniyatlari quruq sochlarga nisbatan 15 foiz ko’proq bo’ladi.

7. Mallasochlar Shotlandiya va Irlandiyada ko’pchilikni tashkil etadi.

8. Dunyodagi eng uzun deb rasman tan olingan sochlar uzunligi 6, 8 metrdan iborat.

9. Qadimiy Gretsiyada mallasochlarni o’lgandan keyin vampirga aylanadi deb hisoblashgan.

10. Agar bir kunda 40 tadan 150 tagacha soch to’kilsa, bu me’yoriy holat sanaladi.

11. Sovuq iqlimga ega maskanlarda issiq iqlimli hududlarga nisbatan sochlar sekinroq o’sadi.

12. Och rangli sochlardan tayyorlangan pariklar to’q ranglilariga qaraganda qimmatroq sotiladi.

13. Butkul sog’lom odam ham kuchli stress holatiga tushsa, sochlari ikki haftada oqarib ketadi.

14. Odamning sochi oyiga o’rtacha 1 santimetr tezlikda o’sadi.

15. Qadimda Italiyada sochlarni och rangga bo’yash uchun ot siydigidan foydalanishgan. Astag’firillo!

16. Sog’lom odamning bir dona soch tolasi 100 grammgacha yukni ko’tara oladi. Agar soch tolalarining barchasi birlashsa, ikkita filni ko’tarib tura olarkan.

17. Qadimiy misrliklar sochlarini doimiy ravishda qirib tashlashni odat qilgan. Bu amal erkaklarga ham, ayollarga ham taalluqli bo’lgan. Tantanalarga esa parikda borishgan.

18. Sochga bit bosh kirlanishi tufayli tushmaydi. Birovning tarog’ida taralsa yoki boshga begona bosh kiyim kiyilsa, bit tushishi kafolatlanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi