KOKOS HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR
1. Tinch okeani sohilida joylashgan Tonga qirolligida erta o’lim topadiganlarning aksariyati kokos yong’og’i boshiga tushishi tufayli yorug’ dunyoni tark etadi.
2. «Kokos» so’zi portugal tilidan olingan bo’lib, tarjima qilinganda, «maymun» ma’nosini beradi.
3. Kokosli palma aslida qaysi davlatdan kelib chiqishi hanuz hech kimga ma’lum emas. Faqat olimlar u ilk bor Malayziyada paydo bo’lganini taxmin qilishadi.
4. Kokos yong’og’i juda beor bo’ladi. Agar ularni okeanga tashlasangiz-u, to’lqinlar sohilga itqitib yuborsa, kelib tushgan yerida yangi daraxt o’sib chiqaveradi.
5. Indoneziya kokos yetishtirish bo’yicha dunyoda birinchi o’rinni egallaydi.
6. Kokosli palma daraxtining diametri 45 santimetr, bo’yi esa 30 metrgacha yetadi.
7. Bitta kokosli palmaning barglari 20 tadan 35 tagachani tashkil etadi.
8. Bitta kokos yong’og’i 1, 5 dan 2, 5 kilogacha vaznga ega.
9. Agar kokos yong’og’i ziyonlanmagan bo’lsa, ichidagi suv xuddi tibbiyotda ishlatiladigan «fizrastvor» kabi filtrlangan holatda bo’ladi.
10. Kokosli suv tarkibi V1, V3, V6, Ye, S, kalsiy, K vitaminlaridan iborat.
11. Kokos immunitetni ko’tarish quvvatiga egaligi bois qandli diabet bilan og’riganlarga katta foyda beradi.
12. Kokos palmasi bo’ydor va baquvvat bo’lishi uchun juda ko’p tuz talab qiladi. Shuning uchun suvdan uzoqda o’sadigan palmalarning bo’yi pastligicha qolib ketadi.
13 Dunyoda kokosdan yog’, desert, salqinlantiruvchi, spirtli ichimliklar va boshqa mahsulotlar tayyorlanadi.
14. Ayrim mamlakatlarda kokos palmasi tanasidan mebel ham yasashadi.
15. Filippin poytaxti Manila shahrida to’liq kokos palmasidan bunyod etilgan saroy bor.
16. Kokos palmasi o’rtacha 90-100 yil umr ko’radi. Yiliga bitta kokos palmasida 400-500 ta kokos yong’og’i pishib yetiladi.
17. Bakteriyalarga qarshi kurashish imkoniyatlari ko’pligidan kokos o’ta issiqda ham, yuqori darajadagi namlikda ham chirimaydi.
18. Yiliga kokos yong’og’i boshiga tushishi oqibatida 200 nafargacha odam o’lim topadi.
19. Ayrim davlatlarda odamlar maymunlarni daraxt ustidan kokos yong’og’i terishga o’rgatishadi. Yaxshi o’rgatilgan maymun bir kunda egasiga 500-700 dona kokos yong’og’i terib bera oladi.
20. Kokos suvi tozalik jihati yuqoriligi sababli XX asrning yetmishinchi yillarida tibbiyot vakillari undan qon plazmasi o’rnida unumli foydalanishgan.
Olimjon HAYIT tayyorladi