O‘zgidromet 3-5 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Qalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 4 martda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 5 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq; 4 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq; 5 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 8-13 daraja iliq; Navoiy viloyatining shimolida 3 martda kechasi 5-10 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja sovuq, 4 martda kechasi 5-10 daraja sovuq, 5 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; 4 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 5 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq, 4 martda kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 5-10 daraja iliq, 5 martda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi, 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi va kunduzi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq; 4 martda kechasi 2-7 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja iliq, 5 martda kechasi 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi, 4-5 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 3 martda kechasi va kunduzi 3-8 daraja sovuq; 4 martda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 2-7 daraja sovuq, 5 martda kechasi 5-10 daraja sovuq, 0-5 daraja iliq bo‘ladi.