* * *
Juhud og’aynisidan so’radi:
— Sen menga yuz dollar qarz ekaningni unutmadingmi?
— Umrimning oxirigachayam unutmayman.
* * *
Odam qadami yetmas orolga Kristina Orbakayte, Natasha Koroleva va Alsular tushib qolishdi. Yeyishga hech vaqo yo’q. Qayiq cho’kib ketgan… Faqat bittagina qo’l telefoni bor-u, u ham bir marta qo’ng’iroq qilinsa, o’chadi.
— Oyimga qo’ng’iroq qilish kerak, — dedi Kristina. — Meni qutqarib olish uchun u kishi hamma narsaga tayyor.
— Yo’-o’q, — Koroleva lablarini burdi. — Mening Tarzanimga qo’ng’iroq qilamiz. U meni juda sevadi. Bizni albatta qidirib topadi.
Shunda Alsu gapga aralashdi.
— Yaxshisi, dadamga qo’ng’iroq qilib, bu yerdan katta neft koni topdik deb aytamiz. U yog’ini o’zi hal qilaveradi.
* * *
Ikki kampir janjallashyapti:
— Jinni!
— O’zing jinni!
Qaerdandir bir qariya paydo bo’ldi-da, dedi:
— Janjallashmanglar! Ikkovlaring ham haqsizlar!
* * *
Ona o’g’liga dedi:
— Uyat emasmi? Yana sinf rahbaring ustingdan shikoyat qildi! Dadangdan o’rnak olsang bo’lmaydimi? Yaxshi xizmat qilgani uchun turmadagilar muddatidan oldin ozodlikka chiqarishibdi.
* * *
Vatan himoyachilari kuni ikki it uchrashib qolishdi. Birining oyoqlari bint bilan boylab tashlangan. Ikkinchisi so’radi:
— Nima bo’ldi?
— Xo’jayin kaltakladi.
— Nega?
— Tishlab olgandim.
— Ie, nega tishlading?
— Tasavvur qil, to’yib ichib olib, mening medallarimni ko’ksiga taqvopti.
* * *
Ikki qariya yoshligini eslayapti:
— Bir paytlar men uchun go’zal bir qiz hayotini xavf ostiga qo’ygandi.
— Nima qilgandi?
— Senga turmushga chiqqandan ko’ra o’zimni dengizga tashlab cho’kib ketaman degandi.
* * *
Mahluqlar daryodan narigi sohilga suzib o’tishardi. Filning beliga burga chiqib oldi. Fil dedi:
— Hadeb turtkilayvermanglar!
Burga:
— Kechirasiz, payqamay qolibman!
* * *
Bir yigit do’stiga maslahat beryapti:
— Sen endi uylanmasang bo’lmaydi. Qachongacha bo’ydoq yurasan? Istasang, mening bir tanishim bor. Juda yaxshi qiz. Harakatchan, ozoda, ishchan, halol qiz. Har qanday ishni eplab ketadi. Faqat seni ogohlantirib qo’yay. U qiz sal homiladorroq.
* * *
Uch og’a-ini bahodirlarning eng kenjasi yolg’iz o’rmonda ketayotib toshdagi yozuvga ko’zi tushib qoldi. Toshga quyidagi yozuvlar bitilgandi:
— Chapga yursang, suv topasan. O’ngga yursang, gaz topasan. To’g’riga yursang, metroga tushasan…
* * *
Erkak kompyuter qarshisida o’tirgandi. Kutilmaganda derazadan qog’ozga o’ralgan g’isht uchib kirib to’g’ri monitorga tegdi. Monitor sindi. Erkak sekin g’ishtni qog’ozdan olib qarasa, qog’ozga quyidagi so’zlar yozib qo’yilibdi:
— Yangi monitor sotaman!
Olimjon HAYIT tayyorladi