O‘zgidromet 15-17 mart kunlari kuzatiladigan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 16 martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq; 17 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 17 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq, 17 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-16 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq, 17 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 16-17 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 15 martda kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 16 martda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq; 17 martda kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, 15 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 16-17 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo‘ladi.