image0

O‘zgidromet bu yil 2025 yilning bahor oyida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston bo‘yicha mart oyining birinchi o‘n kunligi boshida nisbatan sovuq havo bo‘lishi kutilmoqda.  Harorat asosan kechalari 3 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 7-10 daraja iliqdan 0-3 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

2-3 mart kunlari Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Respublika shimolida 1 mart kuni qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kechalari 2-7 daraja sovuqdan 7-12 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja sovuqdan 3-8 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi.

Birinchi o‘n kunlikning ikkinchi yarmida havo harorati me’yoriy qiymatlargacha – kechalari 3-8 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 10-15 daraja iliqqacha ko‘tariladi. 8-10 mart kunlari Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda yana yog‘ingarchilik (yomg‘ir ko‘rinishida) bo‘lishi kutilmoqda.

Keyinchalik mart oyining oxirigacha harorat kechalari 7-12 daraja iliqdan 2 daraja sovuq-3 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 17-22 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublika janubida eng iliq kunlarda havo harorati 25-27 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

Jahon prognozlash markazlari hisoblariga asoslanib, O‘zgidrometning dastlabki hisoblariga ko‘ra, umuman mart oyi biroz iliq oy deb baholanmoqda. O‘rtacha oylik havo harorati me’yor atrofida, ba’zi joylarda me’yordan 1-1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda.