XOH IShONING, XOH IShONMANG…

 

 

PAXTA HAQIDA QIZIQARLI FAKTLAR

 

1. Paxtadan ip, tog’ kon metallurgiya sanoati uchun portlovchi moddalar ham tayyorlanadi.

2. Paxtaning 95 foiz qismi sellyulozadan tashkil topgan.

3. Paxta namlikni a’lo darajada shimiy oladi.

4. Paxtadan tayyorlangan mato nam tegsa yanada mustahkam tortib boradi.

5. XX asrda Germaniya demokratik respublikasida «Trabant» rusumli avtobillar korpusini paxta chiqindisidan yaratishgan.

6. Arxeologik olimlarning hisob-kitoblariga ko’ra, odamlar 7 ming yil oldin paxta eka boshlashgan.

7. Seleksiyachilar allaqachon paxtaning turli ranglardagi navlarini yaratishgan. Bu mato yoki boshqa narsalar tayyorlangach, uni bo’yashga hojat qoldirmaydi.

8. Ilk paxtadan tayyorlangan kiyim 1730 yili Angliyada paydo bo’lgan.

9. Paxtaning ayrim navlari daraxt shaklida bo’ladi va ularning bo’yi 5-7 metrgacha yetadi.

10. 1 tonna paxta sanoatda 600-700 juft jinsi yoki oddiy shim ishlab chiqarish uchun yetarli bo’ladi.

11. Qadimiy Rimdagi legionerlar doimiy ravishda paxtadan tikilgan kiyimda yurishgan.

12. Paxta chigitidan sanoatda yog’, sovun, kunjara va yana boshqa ko’plab mahsulotlar tayyorlanadi.

Olimjon HAYIT tayyorladi